So’nggi yangiliklar

19:02"ФИФА ўзини кулгига қолдирмоқда" - Лотар Маттеус 0 18:39Бадиий гимнастикачиларимизнинг кейинги манзили Италия бўлади 0 18:18Муҳим янгилик: Таэквондо бўйича Жаҳон рейтинги тўлиқ янгиланди 0 17:45Осиё чемпионати. Боксчиларимизда битта ғалаба ва битта мағлубият 0 17:11Эрон футбол федерацияси скриншот орқали АҚШ устидан кулди 0 16:30ММА бўйича дунёдаги энг кучли мамлакатлар рейтинги эълон қилинди. Ким биринчи? 0 15:58Австралиялик "нокаутчи" Теремоана Жуниорнинг кейинги жанги аниқ бўлди 0 15:25ИНТЕРВЬЮ. Жонлантириш бўлимида бир ўлиб тирилган замонамиз Шум боласи Элбек Ибрагимов 0 14:57"Нима учун Трампдан ФИФАдан натижани бекор қилишни сўрамайсизлар?" 0 14:11Энтони Жошуа ҳар қандай рақибни йўқ қилмоқчи 0 13:40АҚШ Ўзбекистондаги шахмат Олимпиадасига қандай таркиб билан келиши аниқ бўлди 0 13:14WBO Дмитрий Бивол учун мажбурий даъвогарни белгилади 0 12:46Португалиянинг ЖЧ-2026 дан чиқиб кетганида Роналдуни айблашди 0 12:23"Конор Макгрегорнинг энг кучли талқинига қарши жангга тайёргарлик кўряпман" - Холлоуэй 0 11:59Расман! Мурат Гассиевнинг рақиби эълон қилинди 0

15 okt 11:55
Yangiliklar

Futbol

Ektor Kuper: "Terma jamoada hech kimga joy kafolatlanmagan"

O'zbekiston - Qatar uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper hamda yarim himoyachi Odil Hamrobekov ishtirok etdi.

"Ertaga bu yig'indagi ikkinchi o'yinda maydonga tushamiz. Bu uchrashuvda birinchi o'yindagi yaxshi jihatlarni saqlab qolish va uni davom ettirishga harakat qilamiz. Undan tashqari birinchi o'yinda kamroq o'ynagan futbolchilar Qatar bilan ko'proq harakat qilishadi. Bu degani tarkib butunlay o'zgarib ketadi degani emas. Bu o'yindan keyin futbolchilar o'z klublariga ketishadi. Bir oydan keyingi yig'inda ham bu o'yinchilar terma jamoadagi uslubni yoddan chiqarmagan holda kelishlarini istardim", - deydi Ektor Kuper.

"Ertaga bizni qiziqarli o'yin kutib turibdi. Qatar bilan o'yinlar doim qiziqarli o'tgan. Arab davlati jamoalari doim hujumkor o'yin namoyish etishgan", - deydi Odiljon Hamrobekov.


SHahboz Beg'amov (www.championat.asia) savoli
- KXDR bilan o'yinda qatarlik videotasvirchi stadionga kelib o'yinni videoga oldi. Ular o'z guruhdoshi KXDRni o'rganishni boshlashgan. Bizning guruhda Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bor. O'z raqiblarimizni o'rganish jarayoni boshlandimi?
- Albatta raqiblarimizni o'rganamiz. Bugungi kunda axborot texnologiyalari rivojlanib ketgan. SHu bois stadionga bormay turib ham videoni ko'rish mumkin. Keyingi o'yinlarda o'z vakillarimizni raqib jamoa o'yinlariga yuboramiz. Bundan tashqari hozirgi paytda birinchi navbatda o'z o'yinimizga qaratayapmiz. Raqiblarimiz haqida barcha malumotlar bor.

Narzulla Saydullaev (www.championat.asia) savoli
- Livan terma jamoasi bosh murabbiyi Miodrag Radulovich noyabr oyida Avstraliyada O'zbekiston bilan o'ynaymiz deb intervyu berdi. Rostdan ham bu o'yin bo'ladimi yoki yo'qmi?
- Bizga 15 noyabr kuni Livan bilan o'ynaymiz degan malumot berilgan. Agar qandaydir o'zgarish bo'lgan bo'lsa bundan xabarimiz yo'q.

SHahboz Beg'amov (www.championat.asia) savoli
- Sardor Rashidov bu yig'inga chaqirilmagani sababi jarohatmi yoki Eron bilan o'yindagi himoyaviy ko'rsatmalarni bajarmaganidami?
- Men O'zbekiston terma jamoa bilan shartnoma tuzayotganda hech kim mana shu futbolchilar doim termaga chaqirilishi kerak deb aytmagan. Bu yig'inga chaqirilmagani bilan bo'ldi terma jamoaga chaqirilmaydi degani emas. Hech qaysi futbolchiga terma jamoadan joy kafolatlanmagan.

Narzulla Saydullaev (www.championat.asia) savoli
- KXDR bilan o'yindan so'ng ko'plab jamoadoshlaringiz maydondan nolishdi. Siz ham ushbu maydonda o'ynagan futbolchi sifatida nima deya olasiz?
Odiljon Hamrobekov: - Maydon holatini juda yomon deb ham bo'lmaydi. CHetdan kelayotgan jamoalar uchun ham, biz uchun bu erda o'ynash noqulay bo'lmoqda. Maydon ideal futbol namoyish etish uchun imkon bermayapti. Barcha ko'rib turibdi chim ko'chiib ketmoqda. Bu narsa natijaga bahona bo'la olmaydi, shunchaki barcha ko'rib turgan holatni aytayapman.

SHahboz Beg'amov (www.championat.asia) savoli
- Siz asosan 4-2-3-1 taktikasidan foydalanayapsiz. Osiyo Kubogiga qadar zaxira taktikalarini ham qo'llab ko'rasizmi?
- Hozir futbolchilarga ko'plab taktikalar berib tashlasam ular nima qilishni bilmay qolishadi. Eron bilan o'yinda nimaga yutqazdik? Ko'rsatmalarni oxirigacha to'g'ri bajarishmagani uchun yutqazdik. Mening taktikam barchaga yoqmasligi aniq. Men 100 million aholisi bor mamlakat terma jamoasini boshqarganman. Endi 100 million odamga yoqadigan taktika bormi aytingchi? Agar barchasi yaxshi bo'lsa, yani Osiyo Kubogini qo'lga kiritsak yoki Jahon chempionatiga chiqsak taktika ish berayotgan bo'ladi. Agar bunday bo'lmasa taktikani o'zgartirish kerak bo'ladi.

SHahboz Beg'amov (www.championat.asia) savoli
- O'FA rasmiy Vitaliy Denisov oktyabr oyidagi yig'inga jarohati bois chaqirilmadi deb yozdi. Lekin o'z klubida o'ynadi. U rostdan ham jarohati bois chaqirilmadimi yoki boshqa sabab bormi?
- Menga Denisovda jarohat bor deb aytishdi. Klubida o'ynagan bo'lsa hech nima qila olmaymiz. U aynan jarohati bois oktyabr oyidagi yig'inga chaqiruv olmadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing