So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

12 jan 18:59
Yangiliklar

Futbol

Ektor Kuper Turkmanistonga qarshi o'yin oldidan qanday fikrda?

Osiyo Kubogi 2-turidan o'rin olgan Turkmaniston - O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab Ektor Kuper qatnashdi.

Matbuot anjumanida bosh murabbiyga Anzur Ismoilov hamrohlik qildi. 

“Og'ir o'tgan ilk o'yindan so'ng ikkinchi o'yinni o'tkazamiz. Bizni juda qiyin bahs kutib turibdi. Turkmaniston Yaponiyaga qarshi munosib o'ynadi. Ertaga faqat g'alaba uchun o'ynaymiz”, - deydi Ektor Kuper.

“Ertaga bizni oson bo'lmagan o'yin kutmoqda. Raqibni o'rganib chiqdik. Birinchi qadam tashlandi, endi ikkinchi bahsda yutib yana 3 ochko olishimiz kerak”, - deydi Anzur Ismoilov.

- Ummonni mag'lub etdik, ammo o'yin borasida ko'plab savollar tug'ildi. Ilk uchrashuvdan keyin qanday xulosalar chiqardingiz?
- O'yin sifati har bir odam uchun turlicha bo'ladi. Asosiysi 3 ochko olish. Ummon Fors Ko'rfazi kubogi sohibi bo'lgandi. G'alabadan xursandmiz. Bizda muammolar borligini tushunib turibmiz. Birinchi navbatda natija turadi. Biz chiroyli o'ynashimiz mumkin, ammo bu ijobiy natijani kafolatlamaydi.

- Ilk turda Turkmaniston Osiyo etakchilaridan biriga qarshi yaxshi o'ynadi. Bu siz uchun syurpriz bo'ldimi?
- Albatta bu o'yinni ko'rdik. To'g'ri Turkmaniston yaxshi o'yin namoyish etdi. Raqib juda tartibli jamoa ekan. Biz ko'proq Yaponiyani o'rgandik, chunki bu jamoa g'alaba qozondi. Sababi doim g'alaba qozongan jamoa tahlil qilish qiyin. Yana qaytaraman, Ummon bilan juda og'ir o'yin o'tkazdik. Bizda boshqacha, Turkmanistonda boshqacha taktika bor. Ertaga kimning taktikasi samarali ekanligini ko'ramiz.



- Ertaga Krimec maydonga tushmaydi. Markaziy himoyada uning o'rnida kim o'ynaydi?
- Uning o'rnini kim to'ldirishini 100 foiz aniqlikda ayta olmayman. Bizda bu joyda yana ikki nafar futbolchi bor.

- Turkmaniston bilan himoyaviy o'yin namoyish etamizmi?
- Turkmaniston terma jamoasi himoyasida o'ziga yarasha muammolar bor. Biz ertaga ana shu muammolardan foydalanib hujum tashkil qilishga va raqib darvozasini ishg'ol qilishga urinamiz.

- Osiyo Kubogining chorak finalidan VARdan foydalaniladi. Fikringiz qanday?
- Men buni muhokama qilmayman. Ko'proq o'z jamoam bilan mashg'ulman. Albatta texnologiya bo'lsa va hakamlarga bahsli vaziyatlarda yordam bersa bu yaxshi.



- Murabbiy sifatida sizni hurmat qilaman, yaxshi natija ko'rsatishingizni istayman. Ammo muxlislar sizni juda ham keskin tanqid qilishmoqda. Ko'pchilik sizning o'yiningiz futbol emas balki antifutbol ekanini aytmoqda. Bunga munosabatingiz qanday? 

- Albatta o'yinimiz ideal emas. Futbol tezkorlik bilan o'zgarib bormoqda. Vazifamiz 3 ochko olish. Muxlislar bundan yaxshiroq o'yin ko'rishni istashini bilamiz. CHiroyliroq o'ynashga harakat qilamiz albatta.

- Siz o'tgan Osiyo Kuboklarida o'ynagan tajribali futbolchi sifatida hozirgi O'zbekiston terma jamoasi haqida nima deya olasiz?
Anzur Ismoilov: 
- Uchta Osiyo Kubogida o'ynadim. Hozirgi tarkibda yoshlar ko'p. O'tgan yil U-23 Osiyo chempionatida chempion bo'lib kelishgandi. Hozir bizning futbolda o'sish bor.


Narzulla Saydullaev 

Foto: Tolibjon Qosimov

Dubaydan mahsus

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing