07 may 07:13
Yangiliklar

El-Klassiko. “Barselona” “Real” bilan bir kishi kam o'ynab durang qayd etdi
O'yinning 10-daqiqasidayoq Luis Suares hisobni ochdi. Oradan 4 daqiqa o'tib, Krishtianu Ronaldu muvozanatni tikladi. Birinchi bo'lim so'nggida hakam Serji Robertoga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatdi.
SHunga qaramay, 52-daqiqada Lionel Messi kataloniyaliklarni hisobda yana oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning 72-daqiqasida Beyl o'yindagi so'nggi golni kiritdi. "Barselona" mavsumni mag'lubiyatsiz yakunlashga juda yaqin kelmoqda.
“Barselona” — “Real Madrid” 2:2
Gollar: 1:0 – 10 Suares, 1:1 – 14 Ronaldu, 2:1 – 52 Messi, 2:2 – 72 Beyl.
“Barselona”: ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Koutino (Nelson Semedu, 46), Serji Roberto, Buskets, Rakitich, Inesta (Paulino, 58), Messi, Suares (Pako, 90+1).
“Real Madrid”: Navas, Varan, Marselo, Nacho (Vaskes, 68), Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich, 84), Beyl, Ronaldu (Asensio, 46), Benzema.
Ogohlantirishlar: Nacho (12), Varan (31), Suares (44), Ramos (44), Messi (45), Beyl (76), Marselo (77), Rakitich (85).
CHetlatish: Serji Roberto (45).
Fikrlar