22 dek 07:23
Yangiliklar
Futbol

“El Klassiko” oldidan Ronaldu umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazmayapti
“Real” La liganing 17-turida “Santyago Bernabeu"da “Barselona” bilan kuch sinashadi.
Qirollik klubi ushbu o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Madridliklar etakchisi Krishtianu Ronaldu hali hamon indvidual tarzda shug'ullanmoqda. Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi jamoadoshlaridan farqli ravishda bir o'zi to'psiz va to'p bilan mashg'ulot o'tkazdi.
Ronaldu klublar o'rtasidagi jahon chempionati final uchrashuvidan keyin oyog'ida og'riqni his qilgandi. 32 yoshli futbolchi o'yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatda “El Klassiko”ga qadar maydonga tushishga tayyor bo'lishini takidlagan edi.
Bir qator ispan OAVlari Ronalduning “Barselona”ga qarshi maydonga tushishi so'roq ostida ekanligi haqida xabar bermoqda.
Havola :
Fikrlar