01 fev 17:48
Yangiliklar
Futbol

"El-Klassiko"larga xush kelibsiz! Ispaniya Kubogi yarim finaliga qura tashlandi
Bir necha daqiqa oldin Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi mamlakat Kubogi yarim finali uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
"Barselona", "Real", "Valensiya" va "Betis" ushbu bosqichgacha etib kelishdi. Birinchi uchrashuvlar 6 fevral, javob o'yinlari esa 27 fevral kuni o'tkaziladi.
Qura natijalari
"Betis" - "Valensiya"
"Real" - "Barselona"
Eslatib o'tamiz, muxlislar 4 kun ichida 2ta "El-Klassiko" guvohi bo'lishadi. 27 fevral kuni yarim finalning javob o'yini bo'ladi, 2 mart kuni esa "Real" va "Barselona" LaLiganing 26-tur uchrashuvi doirasida bahs yuritishadi.
Havola :
Fikrlar