06 avg 07:10
Yangiliklar

EL. So'nggi daqiqalarda urilgan gol "Manchester Yunaytedga" g'alaba keltirdi
Mazkur bahsda hisob avstriyaliklar futbolchisi Filipp Vizinger tomonidan 55-daqiqada ochildi. Oradan ikki daqiqa o'tgach "qizil iblislar" yarim himoyachisi Jessi Lingard hisobdagi muvozanatni tikladi. Uchrashuv taqdirini zahiradan maydonga tushirilgan franciyalik hujumchi Antoni Marsyal tomonidan 88-daqiqada urilgan gol hal qildi. SHunday qilib, ikki o'yin natijasiga ko'ra 7:1 hisobida g'alaba qozongan "Manchester Yunayted" turnirdagi ishtirokini chorak finalda davom ettiradi.
Manchester Yunayted (Angliya) – LASK (Avstriya) 2:1
6 avgust, 00.00, «Old Trafford»
Gollar:
0:1 – 55 Vizinger, 1:1 – 57 Lingard, 2:1 – 88 Marsyal.
Manchester Yunayted – Romero, Bayi, Fosu-Mensa (Mendji, 84), Maguayr, Uilyams (CHong, 72), Lingard (Pogba, 63), Djeyms (Marsyal, 84), Fred (Pereyra, 64), Mata, Maktomini, Igalo.
LASK – SHlager, Andrade (Filipovich, 80), Trauner, Vizinger (Zabitcer, 73), Ranftl, Xolland, Mixorl, Balich (Rayter, 66), Renner, Frizer, Raguj.
Ogohlantirishlar:
Mixorl (34), Maktomini (39).
Birinchi o'yin natijasi: 5:0
Fikrlar