21 iyu 13:15
Yangiliklar
Engil atletika, Tokio-2020
Elena Isinbaeva: "Olimpiadada uchinchi oltin medalimni ham qo'lga kirita olaman, lekin..."
Rossiyalik engil atletikachi, Olimpiada chempioni Elena Isinbaeva Rio-2016 o'yinlarida qatnasha olmasligi ehtimoli borligidan norozi.
"Rossiya chempionatidagi sakrashim - meni Olimpiadada uchinchi oltin medalni qo'lga kirita olishim mumkinligini ko'rsatmoqda. Ammo, bazilar tufayli bu narsa amalga oshmasligi mumkin.
Agar Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi bizni Riodagi Olimpiadada ishtirok etishimizga yo'l qo'ymasa - CHeboksardagi Rossiya chempionati faoliyatimdagi eng so'nggisi bo'ladi", - deydi Isinbaeva.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta Xalqaro engil atletika associaciyasi rossiyalik engil atletikachilarni xalqaro turnirdagi diskvalifikaciyasini o'z kuchida qoldirdi. SHu tariqa, ular Braziliyada bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlarida ishtirok eta olmaydilar.
Havola :
Manba : matchtv.ru
Fikrlar