So’nggi yangiliklar

02:46Рамазон Темировнинг Каванага қарши жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 02:15Темиров Каванага, Ян Двалишвилига қарши, Волкановски эса Евлоев билан жанг қилди! UFC 333 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:29UFC 333: Рамазон Темиров иштирокидаги жанг биринчи раундда якунланди 0 17:15UFC 333: Рамазон Темировнинг Лоне Каванага қарши жанги Тошкент вақти билан соат нечада бошланади? 0 15:23U-15 Жаҳон Кубоги ва фестивали. Ўзбекистон Ганага мағлуб бўлди 0 13:54Дакар-2026: Ўзбекистон сузиш баҳсларида икки спортчи билан қатнашади 0 12:47Бугун UFC 333 турнири ўтказилади: Темиров – Кавана, Ян – Двалишвили ва бошқа жанглар 0 10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0

13 mar 12:28
Yangiliklar

Futbol

Elit OCHL. Buyog'i qanday davom etadi?

Elit Osiyo chempionlar Ligasining uy-mehmon tarzida o'tkazilgan 1/8 final bosqichi o'z nihoyasiga etdi.

Guruh uchrashuvlari yakunlariga ko'ra, G'arb va SHarq mintaqasidan 8 tadan 16 ta jamoa keyingi bosqichga yo'l olgandi. 1/8 final o'yinlaridan so'ng 8 ta klub musobaqa bilan xayrlashdi.

G'arbda "Al Vasl" (BAA), "Istiqlol" (Eron), "Al Rayan" (Qatar) va "Paxtakor" (O'zbekiston) shu bosqichda o'z ishtirokini tugatgan bo'lsa, SHarqda "SHanxay Port" (Xitoy), "SHanxay SHenxua" (Xitoy), "Johor Darul Tazim" (Malayziya) va "Vissel Kobe" (Yaponiya) musobaqani nimchorak finalda yakunladi.

Bu yog'iga har ikki mintaqadan kuchli 8 ta jamoa qoldi va turnir reglamentiga ko'ra, 1/4 finaldan boshlab barcha o'yinlar Saudiya Arabistonida o'tkaziladi. Markazlashgan tartibdagi o'yinlarga Jidda shahridagi ikki stadion - "Qirol Abdulloh" (sig'imi 63 ming) va "SHahzoda Abdulloh Al Faysal" (sig'imi 27 ming) mezbonlik qiladi.

Elit Osiyo chempionlar Ligasining navbatdagi formati quyidagicha ko'rinish oladi. 14 mart kuni bo'lib o'tadigan qura marosimidan so'ng jamoalar G'arb-SHarq misolida to'rtta juftlikka ajratiladi. Yani, avvalgi yillari SHarq va G'arb faqat finalda o'zaro raqib bo'lgan bo'lsa, endilikda chorak finaldan boshlab SHarqning raqibi G'arb, G'arbning raqibi SHarq jamoalari bo'ladi.

CHorak final o'yinlari 25-26 aprel kuni o'tkazilsa, yarim final uchrashuvlari 29-30 aprelga belgilangan. 4 may kuni muhtasham "Qirol Abdulloh" stadionida musobaqaning hal qiluvchi final o'yini bo'lib o'tadi. Final bitta o'yindan iborat bo'ladi. SHuningdek, 3-o'rin uchun bahs o'tkazilmaydi.

Hal qiluvchi bosqichda ishtirok etadigan klublar:

"Al Ahli" (Sudiya Arabistoni)
"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)
"Al Nassr" (Saudiya Arabistoni)
"Al Sadd" (Qatar)
"Buriram Yunayted" (Tailand)
"Yokogama Marinos" (Yaponiya)
"Kavasaki Frontale" (Yaponiya)
"Gvangju FK" (Janubiy Koreya)

Sizningcha, chempionlikni kim qo'lga kiritadi?

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing