18 fev 11:21
Yangiliklar
Futbol

Elit OCHL pley-offiga chiqqan "Paxtakor" milliondan dollardan oshiqroq pul ishlab oldi
Alisher Nikimbaev o'zining telegram kanalida "Paxtakor" hozirga kelib Elit OCHLda qancha pul ishlab olganini malum qildi.
Mutaxassisning malum qilishicha, "sherlar" hozirga kelib 1,1 million dollar ishlab olishgan. Musobaqadagi ishtiroki uchun — 800 ming dollar.
Har bir uchrashuvdagi g'alaba uchun — 100 ming dollar. "Paxtakor" kecha ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritgani uchun — 200 ming dollar.
"Paxtakor" 1/8 finalda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" yoki "Al Ahli" klubiga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki o'yin 3 yoki 4 mart kuni Toshkentda bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar