07 iyu 16:01
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol
Elnur Abduraimov futbolchilarimizga JCH yo'llanmasi uchun kurashda omad tilaydi!
Kecha O'zbekiston boks terma jamoasi futbolchilarimiz bilan uchrashuvda ishtirok etdilar.
Uchrashuvdan so'ng bokschimiz Elnur Abduraimov o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Futbolchilarimiz bilan uchrashuv qiziq o'tdi. CHunki, yoshligimdan TV orqali o'yinlarini ko'rib yurgan futbolchilarni hayotda ko'rib juda xursand bo'ldim. Bizga ajoyib futbolkalar tuhfa qilishdi. Bundan ham juda xursandman.
Fursatdan foydalanib futbolchilarimizga Eron ustidan g'alaba qozonishlarini, jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishlarini tilab qolaman", - deydi jahon chempionati bronza medali sohibi Elnur Abduraimov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar