So’nggi yangiliklar

00:29UFC 333: Рамазон Темиров иштирокидаги жанг биринчи раундда якунланди 0 20:22Темиров Каванага, Ян Двалишвилига қарши, Волкановски эса Евлоев билан жанг қилади! UFC 333 турниридан ОНЛАЙН 0 17:15UFC 333: Рамазон Темировнинг Лоне Каванага қарши жанги Тошкент вақти билан соат нечада бошланади? 0 15:23U-15 Жаҳон Кубоги ва фестивали. Ўзбекистон Ганага мағлуб бўлди 0 13:54Дакар-2026: Ўзбекистон сузиш баҳсларида икки спортчи билан қатнашади 0 12:47Бугун UFC 333 турнири ўтказилади: Темиров – Кавана, Ян – Двалишвили ва бошқа жанглар 0 10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0

09 may 16:16
Yangiliklar

Boks/MMA

Elshod Rasulov: Olimpiadaning qoldirilishi bir tomondan foydali ham bo'ldi (Intervyu)

Karantin vaqtida O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati bir necha katta intervyularni muxlislarimiz hukmiga havola qilib kelmoqda.

Bugungi mehmonimiz o'zbek boksi tarixidagi eng sovrindor bokschilardan biri, bugungi kunda O'zbekiston ayollar terma jamoasi katta murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Elshod Rasulov bo'ladi.


-Elshod aka, karantin vaqtida nimalar bilan bandsiz?

-Karantin sababli rejalarimiz o'zgarib ketdi. Hozirda karantindan keyin bo'ladigan o'quv-yig'in mashg'ulotlarimiz, qaysi musobaqalarda qatnashishimiz lozimligi, shuningdek shogirdlar bilan nimalar qilishimiz lozimligi bo'yicha ishlayapman. Bundan tashqari murabbiylik mahoratimni oshirish, o'z ustimda ishlashni ham yoddan chiqarganim yo'q. Vaqtdan foydalanib, kelajakda tashkil etiladigan yig'inlarni, xalqaro musobaqalarni o'rganib chiqmoqdaman. 


-O'zbekistonda yaqin-yaqindan ayollar boksiga ham alohida etibor qaratila boshlandi. Ushbu yo'nalishni rivojlantirish bo'yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

-Yaxshi bilasiz, bir oy oldin Ammanda yakuniga etgan licenzion musobaqada Tokio Olimpiadasi uchun birinchi licenziyamizni qo'lga kiritdik. Hali Franciya poytaxti Parij shahrida o'tkaziladigan licenzion musobaqada ham Olimpiada yo'llanmalarini qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz. SHundan so'ng Tokioda medallar uchun kurashamiz. Fursatdan foydalanib, yaratib berilayotgan sharoitlar uchun muhtaram yurtboshimizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. SHuningdek, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan ham yig'inlar o'tkazishimiz, xalqaro musobaqalarda ishtirok etishimiz uchun etarli shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.



-Ayni paytda O'zbekiston ayollar terma jamoasida katta murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqdasiz. Koronavirus sabab rejalarga o'zgartirish kiritilganligini takidladingiz. Endi rejalar qanday?

-Rejalarga albatta o'zgartirish kiritildi. Ayni paytda Franciyadagi musobaqaga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lishimiz lozim edi. Lekin koronavirus sabab mamlakatimizda ham karantin elon qilindi. Barcha yig'inlar to'xtatilgan. Bir tomondan bu bizning bokschi qizlarimiz uchun foydali deb o'ylayman. CHunki Olimpiada bir yil muddatga qoldirildi. Biz bu vaqt ichida yanada yaxshiroq ishlab, raqiblarni o'rganib chiqishimiz mumkin bo'ladi. Umuman olganda ular o'z ustilarida ishlashlari uchun yana vaqt paydo bo'ldi. O'ylaymanki, bu bizning foydamizga ishlaydi. Parijdagi musobaqa hali qachon o'tkazilishi aniq emas. Lekin, shunga qaramay biz rejalar tuzib chiqyapmiz. O'ylaymanki, karantindan so'ng ushbu rejalar asosida ishni davom ettiramiz.

-Siz o'zbek boksi tarixidagi eng sovrindor sportchilardan birisiz. Suhbat davomida bokschilik faoliyatingiz haqida ham eslasak... Siz uchun eng yodda qolgan jang qaysi?

-Faoliyatim davomida ko'plab musobaqalarda ishtirok etganman. SHuningdek, yodda qoladigan janglar ham ko'p bo'lgan. 2006 yili Qatar poytaxti Dohada o'tkazilgan Osiyo o'yinlari finalida qozog'istonlik kuchli bokschi, Olimpiada chempioni Baxtiyar Artaevga qarshi jang qilgandim. O'sha bahsda 34:24 hisobida g'alaba qozonib, Osiyo o'yinlari g'olibi bo'lganman. Ushbu bahsni faoliyatimdagi eng yodda qolarli jang sifatida qayd etsam bo'ladi. 

-Siz uchun eng qadrli sovrin qaysi?

-Men uchun barcha sovrinlarim qadrli. Alohida aytish kerak bo'lsa yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib bo'lganim, harbiylar o'rtasida jahon chempioni bo'lganim, ikki marta Osiyo o'yinlarida g'alaba qozonganim.

-Faoliyatingizdagi eng qiyin jangni qachon va kimga qarshi o'tkazgansiz?

-2009 yili Milanda o'tkazilgan jahon chempionatida finalgacha etib borgandim. O'shanda hal qiluvchi jangda rossiyalik Artur Beterbievga qarshi qiyin bahs o'tkazib, ochkolar hisobida mag'lub bo'lgandim. Lekin o'sha bahs juda qiyin bo'lgandi. CHunki musobaqa davomida finalgacha 5 ta jang o'tkazgandim.

Mashhur Artur Beterbievga qarshi JCH finalidagi jang


-Elshod Rasulov yosh bokschilarga qanday maslahat beradi?

-Yosh ukalarimizga maslahatim shuki, ular ko'proq mehnat qilsinlar. Murabbiylarga quloq solish lozim, ularning barcha ko'rsatmalarini to'g'ri bajarish kerak. Tartibga ham rioya qilish shart. CHunki tartib bor joyda natija bo'ladi. Aytmoqchimanki, o'z vaqtida uxlab, o'z vaqtida uyg'onish, mashg'ulotlarga o'z vaqtida borish, o'z vaqtida ovqatlanish kerak. Yosh bokschilarga aynan ushbu qoidalarga rioya qilishlarini maslahat berib qolardim. 


-Karantinda shogirdlaringizga, sportchilarga va muxlislarga maslaxatingiz.

-Karantin vaqtida birinchi navbatda barchaga uyda qolishni maslahat beraman. SHuningdek bunday vaqtlarda ko'proq o'qing, o'rganing, sport bilan shug'ullaning. Ayni paytda bunga fursat bor. Uyda o'qib, mashg'ulotlar olib borsa bu har tomonlama - sog'liq uchun ham, kelajak uchun ham foyda bo'ladi. Nasib qilsa bu kunlar ham yaqin orada tugaydi va biz sportchi-murabbiylar yurtimiz bayrog'ini yana ko'klarga ko'taramiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing