14 dek 07:42
Yangiliklar
Futbol

Emeri “Arsenal”dan ketgach, uchta klub taklifini rad etdi
“Arsenal”ning sobiq ustozi Unai Emeri uning xizmatlariga qiziqish bildirgan uchta klubning takliflariga rad javobini bergan, deya xabar bermoqda Marca nashri.
Nashr manbasining tasdiqlashicha, 48 yoshli mutaxassisga “Everton” va Xitoy Superligasining ikki klubi taklif bilan chiqqan. Ammo ispaniyalik murabbiy har uchchala taklifga yo'q deb javob bergan. Malum bo'lishicha, Emeri sovrinlar uchun kurash olib borish imkoniyatiga ega klubda ishlash niyatida.
Emeri 2018/19 yilgi mavsum avvalida “Arsenal”ni 20 yildan oshiqroq vaqt davomida boshqargan Arsen Venger o'rnini egallagandi. Unai qo'li ostidagi ilk mavsumda “Arsenal” APLda beshinchi pog'onadan joy olgan bo'lsa, Evropa Ligasida finalga qadar etib borib, hal qiluvchi bahsda “CHelsi”ga imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar