02 sen 12:54
Yangiliklar
Enco futbol tarixidagi eng qimmat transferlar orasida nechanchi o'ringa chiqdi?
Transfermarkt statistik portali xabariga ko'ra, Fernandesning 145 mln evro evaziga amalga oshgan o'tishi futbol tarixidagi to'rtinchi eng qimmat bitimga aylandi. O'tgan yozda "Liverpul" ham hujumchi Aleksander Isakning "Nyukasl Yunayted"dan transferi uchun shuncha mablag' to'lagan edi.
Rekord hamon bundan to'qqiz yil avval hujumchi Neymarning "Barselona"dan "PSJ"ga 222 mln evro evaziga o'tgan bitimiga tegishli bo'lib turibdi.
Transfermarkt talqiniga ko'ra futbol tarixidagi eng qimmat 10 ta transfer:
1. Neymar (Braziliya) — "Barselona"dan PSJga 222 mln evro evaziga.
2. Kilian Mbappe (Franciya) — "Monako"dan PSJga 180 mln evro evaziga.
3. Usman Dembele (Franciya) — Dortmundning "Borussiya"sidan "Barselona"ga 148 mln evro evaziga.
4. Aleksander Isak (SHveciya) — "Nyukasl Yunayted"dan "Liverpul"ga 145 mln evro evaziga.
5. Enco Fernandes (Argentina) — "CHelsi"dan "Manchester Siti"ga 145 mln evro evaziga.
6. Morgan Rodjers (Angliya) — "Aston Villa"dan "CHelsi"ga 138 mln evro evaziga.
7. Elliot Anderson (Angliya) — "Nottingem Forest"dan "Manchester Siti"ga 135 mln evro evaziga.
8. Filippe Koutino (Braziliya) — "Liverpul"dan "Barselona"ga 135 mln evro evaziga.
9. Joau Feliks (Portugaliya) — "Benfika"dan "Atletiko"ga 127,2 mln evro evaziga.
10. Djud Bellingem (Angliya) — Dortmundning "Borussiya"sidan Madridning "Real" klubiga 127 mln evro evaziga.

Fikrlar