15 jan 07:20
Yangiliklar
![](/upload/storage/26671_220.jpg)
“Enfild” 7 ta gol guvohi bo'lgan oqshomda “Liverpul” “Siti”ni mag'lub etdi
O'yin dramatik ruhda o'tganini takidlash o'rinli. Birinchi bo'lim 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi. Mezbonlar safida Aleks Oksleyd-CHemberlen hisobni ochgan bo'lsa, bo'lim oxirida Leroy Sane hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo'lim esa shunchaki daxshatli ko'rinish oldi. Avvaliga mersisaydliklar Roberto Firmino - 59, Sadio Mane - 61, Muhammmad Salax - 68-daqiqalarda urgan gollari evaziga “Siti”ni shok holatiga tushirib qo'yishdi.
Ikkinchi bo'lim yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganda Bernardu Silva, Ilkay Gyundogan gol urib, mezbon jamoa muxlislarini qattiq xavotirga solib qo'ydi. O'yin shu tariqa Klopp shogirdlarining 4:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Bu "Siti"ning ilk mag'lubiyati edi.
Fikrlar