07 okt 10:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Eng ko'pi Pereyrada. UFC 307 turniri jangchilarining gonorarlari elon qilindi
Kecha tongda AQSHning Solt-Leyk Siti shahrida UFC 307 turniri bo'lib o'tgan edi.
Oqshom doirasida jang qilgan bazi sportchilarning turnir orqali qancha gonorar ishlab olgani malum bo'ldi. Eng katta gonorarga kutilganidek, uchinchi bor chempionlik kamarini himoya qilgan Aleks Pereyra ega chiqdi. Braziliyalik chempion kechagi jangidan 2 million 742 ming AQSH dollari ishlab oldi.
Aleks Pereyra - 2 mln 742 ming (AQSH dollari)
Rakel Pennington - 1 mln 392 ming
Xalil Rauntri - 1 mln 382 ming
Julianna Penya - 1 mln 32 ming
Joze Aldo - 421 ming
Kevin Xolland - 371 ming
Stiven Tompson - 320 ming
Xoakin Bakli 311 ming.
Bundan tashqari, Pereyra, Rauntri, Bakli va Rayan Spenn bonusni ham qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : MainCard
Fikrlar