29 dek 08:05
Yangiliklar
Engil atletika
Engil atletika bo'yicha 2022 yilgi jahon chempionati dasturida o'zgarishlar
Engil atletika bo'yicha 2022 yilgi jahon birinchiligi musobaqalari dasturidagi o'zgarishlar taqdim etildi.
Yujinda (AQSH) o'tadigan musobaqaning sportcha yurish yo'nalishi erkaklar va ayollar o'rtasida 20 va 35 kilometr masofalarga o'tkaziladi. Bunda har bir poyga bo'yicha sportchilarning soni 2019 yildagi kabi bo'ladi. Faqat bitta istisno bor: 35 kilometrga ham erkaklar, ham ayollar o'rtasida sportcha yurishda 60 tadan o'rin beriladi.
Bu 2019 yildagi 50 kilometrga sportcha yurish dasturiga qaraganda erkaklar uchun 50 ta, ayollar uchun esa 30 ta o'rin ortiq bo'lishini anglatadi.
SHuni takidlash joizki, engil atletika bo'yicha musobaqalarda ananaviy hisoblangan 50 kilometrga sportcha yurish “Tokio-2020” Olimpiya o'yinlaridan keyin xalqaro musobaqalar dasturidan chiqariladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar