So’nggi yangiliklar

19:30Менежер Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлишини маълум қилди 0 19:06Исраэль Адесанья Чимаевни танқид қилди 0 18:45Александр Усик фаолиятини якунлаш режасини ўзгартирди 0 18:24FIFA Series турнири олдидан Венесуэлада йўқотиш 0 18:01"Агар UFC Жон Жонсни ҳурмат қилмаса, умуман кимни ҳурмат қилади?" - Фрэнсис Нганну 0 17:44Александр Усик: "Жошуа 2027 йилда мутлақ жаҳон чемпиони бўлади" 0 17:25Боксчиларимизнинг катталар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашадиган таркиби маълум бўлди 0 17:17Эдди Хирн Жошуа — Уайт жанг ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:51Нидерландия ЖЧ-2026 ни бойкот қилиши мумкин: 170 мингдан ортиқ имзо тўпланди! 0 16:30Сузувчиларимиз Тожикистондаги халқаро турнирда 45 та медални қўлга киритишди 0 16:08Долидзе: "Рози эмасман..." 0 15:49Фомин Хитой турнирини ғалаба билан бошлади 0 15:30"Реал"да масхарабозлик: Клуб шифокорлари юлдузларни бепул ChatGPT орқали "даволашган"! 0 15:15Акбар Жўраев номидаги спорт мактаби очилди (ФОТО) 0 14:52Ҳасанбой Дўсматовнинг кейинги рақиби аргентиналик боксчи бўлади — boxrec 0

28 sen 15:18
Yangiliklar

Engil atletika

Engil atletika bo'yicha jahon chempionatida o'zbek sportchilari: Kimdir finalda, kimdir esa finishga ham etib bora olmadi

Kecha Qatar poytaxti Doha shahrida engil atletika bo'yicha jahon chempionati start oldi.

Musobaqada o'zbekistonlik atletlar ham ishtirok etishmoqda. Terma jamoamiz Qatarga 6 nafar sportchi bilan yo'l olgandi. 

Balandlikka sakrash:

Svetlana Radzivil

Nadiya Dusanova


Uchxatlab sakrash:

Ruslan Qurbonov


Marafon:

Sitora Hamidova

Andrey Petrov


Ko'pkurash:

Ekaterina Voronina

Bungacha bir necha yo'nalishlarda hamyurtlarimiz startga chiqib ulgurishdi. 

Balandlikka sakrash bo'yicha ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda ishtirok etayotgan Svetlana Radzivil 1.94 metr balandlikni zabt etdi va finalga yo'l oldi. Endi u 30 sentyabr kuni 12 nafar sportchi ichida medallar uchun bahsga kirishadi. Mazkur yo'nalishda o'z omadini sinab ko'rgan Nadiya Dusanova esa 1.80 metr natija bilan saralashdan o'ta olmadi. 

Erkaklar o'rtasida uchxatlab sakrash bellashuvlarida ishtirok etgan Ruslan Qurbonov esa 15,86 metr natija bilan 33 nafar ishtirokchi ichida "faxrli" 31-pog'onadan joy oldi. 

Ayollar o'rtasidagi marafon bellashuvlarida esa Sitora Hamidova marraga etib bora olmadi. Andrey Petrov esa 5 oktyabr kuni erkaklar o'rtasidagi marafonda o'z omadini sinab ko'radi. 

Ko'pkurash bahslarida ishtirok etadigan Ekaterina Voronina hali o'z ishtirokini boshlamadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing