So’nggi yangiliklar

17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0

31 jan 11:19
Yangiliklar

Engil atletika

Engil atletikachilarimiz Erondagi Osiyo chempionatida ishtirok etadilar

Engil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Eron poytaxti Tehron shahriga jo'nab ketdilar.

Ushbu Osiyo chempionatida 26ta medallar jamlanmasi o'ynaladi. SHularning 13tasi erkaklar o'rtasidagi bahslarga to'g'ri kelsa,  yana shunchasi ayollar o'rtasidagi musobaqalarda o'ynaladi. 

Malumot uchun, engil atletika bo'yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chemionati jahon chempionatlari kabi ikki yilda bir marotaba o'tkaziladi. Musobaqa ilk marotaba 2004 yilda tashkil qilingan. Erondagi turnir hisob bo'yicha sakkizinchisi hisoblanadi. 

Bu yil 1-3 fevral kunlari bo'ladigan musobaqada bahslar Tehrondagi "Aftab Engelab" sport majmuasida tashkil qilinadi. 

Ayollar o'rtasidagi bahslar kunning birinchi qismida o'tkaziladi. Tushdan keyin esa erkaklar o'rtasidagi musobaqalarga start beriladi. 

CHempionatda O'zbekiston terma jamoasi sharafini quyidagi sportchilar himoya qiladilar:

Sergey Dementev (yadro uloqtirish)

Grigoriy Kamulya (yadro uloqtirish)

Dmitriy Melsitov (balandlikka sakrash)

Javohir Noriev (uzunlikka sakrash, uch xatlab sakrash)

Nadiya Dusanova (balandlikka sakrash)

Safina Sadullaeva (balandlikka sakrash)

Roksana Xudoyarova (uzunlikka sakrash, uch xatlab sakrash)

Elena Smolyanova (yadro uloqtirish)

Nigina SHaripova (60 metrga yugurish)

Aleksandra Yurkevskaya (beshkurash)


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing