11 iyu 15:48
Yangiliklar
Engil atletika
Engil atletikachimiz Finlyandiyadagi turnirda sovrindor bo'ldi
Kecha Finlyandiyaning Laxti shahrida engil atletika bo'yicha Motonet GP Lahti turniri o'tkazildi.
Musobaqaning uch hatlab sakrash bellashuvlarida hamyurtimiz Ibrohim Mahkamov ham ishtirok etdi va ahamiyatlisi, hisobimizga bronza medalini taqdim etdi.
U o'z urinishlari davomida 15,98 m natija qayd etdi.
1. Salif Mane (AQSH) — 16,52
2. Federiko Lorenco Bruno (Italiya) — 16,51
3. Ibrohim Mahkamov (O'zbekiston) — 15,98.
Havola :
Manba : t.me/newstrackandfield
Fikrlar