06 avg 10:44
Yangiliklar
Engil atletika
Engil atletikachimiz JCHda 10 000 metrga yugurish bahslarida ishtirok etdi
Kecha engil atletikachimiz Sitora Hamidova Londonda bo'lib o'tayotgan jahon chempionatida startga chiqishi haqida xabar qilgandik.
10 000 metrga yugurish bahslarida ishtirok etgan vakilamiz ushbu masofani 31 daqiqa 57 soniya vaqt ichida yugurdi. Ushbu ko'rsatkich 33 nafar sportchi ichida "faxrli" 18-natija bo'ldi.
Takidlab o'tish lozimki, dastlabki 3000 metrlik masofada Sitora etakchi sifatida ketayotgandi. Keyinchalik u kuchini taqsimlay bilmadi va yakunda raqiblaridan ortda qolib ketdi.
Birinchi o'rinni qo'lga kiritgan efiopiyalik sportchi Almaz Ayana esa finishga 30 daqiqa 16 soniya ichida etib bordi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar