20 jan 14:18
Yangiliklar
Entoni Joshua Fyuri bilan jang qilmoqchi emas
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni hisoblangan Entoni Joshua Tayson Fyuri bilan jang qilish istagi yo'qligi haqida gapirdi.
"Menga endi Fyuri bilan jang qilish qiziq emas. CHunki, ko'p gapirishdan charchayman. Men chempionlik kamarini qo'lga kiritganimda yanada o'sishga harakat qilgandim. U esa yo'q. Bu noto'g'ri.
Uning o'zi ringga chiqmaslikka qaror qilgan. Klichkoga qarshi revansh jangi ham bo'lishi lozim edi. Ammo, Fyurining o'zi jangni o'tkazishni istamadi. Endichi? Barcha intizorlik bilan uning qaytishini kutishi kerakmi? U o'z holatiga ortiqcha baho berib yubormoqda.
Faoliyatimda tanaffus qilmoqchi emasman. Jang qilishda davom etaman", - dedi Joshua.
Havola :
Manba : Allboxing
Fikrlar