03 dek 20:41
Yangiliklar
Futbol

Eriksen "Arsenal" taklifini ko'rib chiqishga tayyor
Daniya terma jamoasi va "Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen Londonning "Arsenal" klubi bilan muzokaralar o'tkazishga tayyor.
"Inter" safida etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan 28 yoshli yarim himoyachi qishki transferlar oynasida Angliyaga qaytishga tayyor.
Oldinroq o'yinchiga "Real", "Manchester Yunayted" va "Pari Sen-Jermen" klublari qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.
Eriksen Milan klubiga 2020 yilning yanvarida o'tgan. Futbolchining "Inter" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023/24 yilgi mavsumga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar