14 mar 08:07
Yangiliklar
Sport kurashlari

Erkin kurashchilarimizning Osiyo chempionatiga boradigan tarkibi malum. Ro'yxatda Olimpiada sovrindori ham bor!
20-25 mart kunlari Iordaniyaning Amman shahri sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Musobaqada ishtirok etuvchi erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi tarkibi aniq bo'ldi. Ro'yxatda Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori G'ulomjon Abdullaev ham bor. Terma jamoamiz to'liq tarkibda Osiyo chempionatida qatnashadi.
Ammanga yo'l oladigan tarkib:
57 kg: G'ulomjon Abdullaev
61 kg: Behruzbek Turanmuratov
65 kg: Umidjon Jalolov
70 kg: Begijon Qo'ldoshev
74 kg: Fazliddin Nasritdinov
79 kg: Asadbek Karimov
86 kg: Bobur Islomov
92 kg: SHerzod Poyonov
97 kg: Maxsud Veysalov
125 kg: Sardorbek Xolmatov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar