So’nggi yangiliklar

15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0 10:54AND STILLLL! UFC 334 турнирининг марказий жангида Ган ўз камарини сақлаб қолди 0 10:06Чемпион Кайла Харрисоннинг собиқ икки камар эгаси Аманда Нуньесга қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:54UFC 334. Мурадовнинг собиқ рақиби Кайо Борральо 19-ғалабасини тантана қилди 0 08:23Миллатлар лигаси. Португалия ўз стадионида йирик ҳисобда мағлубиятга учради 0 07:52Ўн йил ютқазмаган чемпион Немков ватандошидан мағлуб бўлди 0 07:21Мераб Двалишвили ғалабасидан сўнг Нурмагомедов учун мурожаат қилди 0

13 iyu 13:50
Yangiliklar

Sport kurashlari, Parij-2024

Erkin kurashchimiz G'ulomjon Abdullaevga Olimpiadada kimlar raqib bo'ladi?

26 iyul kuni Franciya poytaxti Parij shahrida XXXIII yozgi Olimpiada o'yinlari boshlanadi.

Musobaqada O'zbekiston delegaciyasi, jumladan sport kurashlari bo'yicha terma jamoamiz ham ishtirok etadi. Olimpiadada 3 nafar erkin kurashchimiz, 3 nafar yunon-rim kurashchimiz va yagona ayol kurashchimiz gilamga chiqadi.

Olamsport.com Birlashgan kurash dunyosi (UWW) tasdiqlagan ro'yxatga ko'ra sportchilarimizga turnir doirasida kimlar raqib bo'lishi haqida malumot berib boradi.

Yuqorida yozganimizdek, erkin kurashchilarimiz Olimpiadaga uchta yo'llanma qo'lga kiritgan.

57 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz G'ulomjon Abdullaev o'zining ikkinchi Olimpiadasida ishtirok etadi.

Unga quyidagi kurashchilar raqib bo'lishi mumkin:

Zelimxan Abakarov (Albaniya)

Arsen Xarutunyan (Armaniston)

Spencer Li (AQSH)

Aliabbas Rizazade (Ozarbayjon)

Vanxao Zou (Xitoy)

Jamal Moxamed (Misr)

Diamantino Iuna Fafe (Gvineya-Bisau)

Aman (Hindiston)

Rey Xiguchi (Yaponiya)

Meyrambek Kartbay (Qozog'iston)

Bekzat Almaz Uluu (Qirg'iz Respublikasi)

Roman Bravo (Meksika)

Vladimir Egorov (SHimoliy Makedoniya)

Darian Kruz (Puerto-Riko)

Stevan Michich (Serbiya).


Erkin kurashchimiz Parij-2024 Olimpiadasi yo'llanmasini Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahri mezbonlik qilgan Osiyo qitasi sportchilari uchun licenzion turnirda qo'lga kiritgandi. Abdullaev Olimpiada licenziyasini taqdim etuvchi 1/2 final bellashuvida hindistonlik Aman Amanni muddatidan avval, tushe bahosi bilan mag'lubiyatga uchratgandi. 

Xorazm o'g'loni uch yil avval Tokiodagi Olimpiya o'yinlarida ham ishtirok etgan edi. O'shanda u bronza medali yo'lidagi o'tish bahsida AQSH terma jamoasi azosi Tomas Gilmanga 1-11 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Malumot o'rnida, G'ulomjon Abdullaev ishtirok etadigan 57 kg vazn toifasidagi bellashuvlar 8-9 avgust kunlari o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

   
17 iyu 20:25:03
Judo 1
Gulomjon Abdullayevga omad tilaymiz, Tokioda medalga juda yaqin edi, jarohat tufayli o'xshamagan edi. Parijdan medal bilan qaytish nasib qilsin!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing