So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

16 iyu 12:46
Yangiliklar

Futbol

Ermatov JCH-2022 saralash bosqichiga qura tashlash marosimida ishtirok etadi

17 iyul kuni, yani ertaga Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Osiyo qitasi uchun JCH-2022 saralashiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Marosim Kuala-Lumpur shahridagi OFK shtab-kvartirasida o'tkaziladi. Unda Osiyo qitasining 40ta terma jamoasi jami 8ta guruhga ajratiladi.

Qura jarayonida jamoalar beshta savatchaga ajratiladi. Savatchalar iyun oyidagi FIFA reytingiga qarab ajratilgan. O'zbekiston terma jamoasi qurada ikkinchi savatchadan joy oladi.

1-savatcha: Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy.

2-savatcha: Iroq, O'ZBEKISTON, Suriya, Livan, Ummon, Qirg'iziston, Vetnam, Iordaniya.

3-savatcha: Falastin, Hindiston, Bahrayn, Tailand, Tojikiston, KXDR, Xitoy Taypei, Filippin.

4-savatcha: Turkmaniston, Myanma, Gonkong, Yaman, Afg'oniston, Maldiv orollari, Kuvayt, Malayziya.

5-savatcha: Indoneziya, Singapur, Nepal, Bangladesh, Mo'g'uliston, Guam, Kambodja, SHri-Lanka.

Mazkur qura tashlash marosimiga ishtirok etish uchun O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi delegaciya ham bugun Kuala-Lumpurga etib bordi. Ayni paytda Kuala-Lumpurda bo'lib turgan O'FA rahbariyati qura tashlash marosimidan tashqari, OFK rasmiylari va qator masalalar bo'yicha uchrashuvlar o'tkazishni rejalashtirgan. 

Eslatib o'tamiz, saralashning navbatdagi bosqichi joriy yilning 5 sentyabr kuni start oladi va kelasi yilning 9 iyuniga qadar davom etadi. Har bir guruhdan 1-o'rinni egallagan jamoa (8ta) va eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan to'rtta (4ta) ikkinchi o'rin sohibi keyingi bosqichga yo'l oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing