29 iyu 12:03
Yangiliklar
Futbol

Ernesto Valverde La Liga klubida ish boshlashi mumkin
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Valensiya"ni boshqarishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, 56 yoshli mutaxassis va uning yordamchisi Jon Aspiazu o'zlariga Valensiyadan uy qidirishmoqda. "Valensiya" so'nggi 4 o'yinda 3 bor mag'lubiyatga uchradi va La Ligada 8-o'ringa tushib ketdi. Taxminlarga ko'ra, "los ches" rahbariyati hozirgi murabbiy Albert Seladesni istefoga chiqarishi mumkin.
Valverdening atrofidagi insonlar klub bilan aloqaga chiqishgan va jamoaning atrofidagi vaziyatga qiziqishgan. Valverde 2012 yilning dekabridan 2013 yilning iyuniga qadar "Valensiya"ga murabbiylik qilgan.
Havola :
Fikrlar