25 sen 17:10
Yangiliklar

Eron – Jahon chempionatining ilk ishtirokchisi!
Eron hamda Vetnam o'rtasidagi bahsda forslar raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi - 5:0. Osiyo chempionatida yarim finalga chiqqan Eron shu bilan birga keyingi yil Hindistonda o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi U17 Jahon chempionatiga ham yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Hozircha ushbu mundialga faqat mezbon Hindiston avtomatik tarzda chiqqandi. Bugun chorak finalning yana bir o'yinida Yaponiya va BAA to'qnash keladi. O'zbekiston o'smirlari esa ertaga, 26 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30da Iroq bilan JCH yo'llanmasi uchun kurashishadi.
CHorak final. 25 sentyabr
ERON – VETNAM 5:0
Gollar: Allahyor Sayyad 30, 72, Muhammad Gaderi 47, Alirizo Asadabadi 62, Amir Xodamoradi 69.
26 sentyabr
15:30 - Ummon - KXDR
18:30 - O'zbekiston - Iroq
Fikrlar