30 may 15:50
Yangiliklar
![](/upload/storage/13584_220.jpg)
Eron klubi Eldorbek Suyunovni harid qilmoqchi
"Istiqlol" klubi skautlari Eldorbek Suyunovni kuzatib borishdi va darvozabonning xizmatlariga qiziqish bildirishdi. Tehron klubidan Suyunovga taklif tushgan. Bu o'tish bo'yicha muzokaralar ham bo'lib o'tdi.
Biroq "Istiqlol" ushbu transferni yaqin orada amalga oshirolmaydi. CHunki FIFA tomonidan qo'yilgan cheklov talabi "Istiqlol"ga ushbu transferlarni amalga oshirishiga to'sqinlik qildi.
Bunga sabab, 2016 yilda "Istiqlol"da to'p tepgan nemis yarim himoyachisi Odil CHixining maoshi berilmagan va FIFA bu borada "Istiqlol"ga nisbatan jazo qo'llagan.
Eslatib o'tamiz, klub yil boshida boshqa bir hamyurtimiz Server Jeparovni harid qilgandi. Lekin Jeparovni aynan shu taqiq tufayli jamoada o'ynata olmagandi va Jeparov boshqa klubga ijaraga berilgandi.
Fikrlar