24 sen 16:50
Yangiliklar
Futbol

Eron O'zbekiston bilan o'yinga Armanistonda tayyorgarlik ko'rmoqda
JCH-2018 saralashidagi O'zbekistonning navbatdagi raqibi Eron terma jamoasi ayni paytda Armanistonda yig'in o'tkazmoqda.
Karlos Keyrush boshchiligidagi forslar 22 sentyabr kuni Armaniston poytaxti Erevan shahriga etib bordi. Bu erdagi yig'inda faqat Eron pro ligasida o'ynayotgan futbolchilar ishtirok etishmoqda.
Erevandagi yig'in 1 oktyabrga qadar davom etadi. Terma jamoa legionerlari 3 oktyabr kuni yig'inga qo'shilishadi. Eron terma jamoasi 4 oktyabr kuni Toshkentga etib keladi. O'zbekiston - Eron o'yini 6 oktyabr kuni soat 18:00da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar