30 apr 10:02
Yangiliklar
Futbol

Eron terma jamoaga yana bir nomzod topdi
Malumki, Osiyo Kubogi yakuniga etganidan beri Eron terma jamoasi bosh murabbiysiz qolmoqda.
Futbol federaciyasi rahbariyati shu kungacha bir qator nomzodlar bilan muzokara olib borishga harakat qilib ko'rdi, biroq haligacha terma jamoaga bosh murabbiy tayinlangani yo'q. SHotlandiyaning The Sunday Post nashri yozishicha, 71 yoshli gollandiyalik mutaxassis Eron terma jamoasini boshqarishi mumkin.
Ushbu murabbiyning so'nggi ish joyi o'tgan yil "Utrext" klubi bo'lgandi. Dik Advokatning murabbiylik faoliyati yaxshi kechgan deya olamiz. U "Zenit" bilan 2008 yil UEFA Kubogida zafar quchgan. SHuningdek, Gollandiya, Janubiy Koreya, Belgiya va Rossiya terma jamoalarini boshqargan.
Havola :
Fikrlar