22 jan 07:26
Yangiliklar

Ertaga “Universiada” sport o'yinlariga start beriladi
Etiborlisi, joriy yildan boshlab 2000 yildan buyon muntazam tashkillashtirib kelinayotgan mazkur sport musobaqalari yangicha formatda bo'lib o'tadi. Endilikda musobaqaning final bahslariga bitta hudud mezbonlik qilmaydi va u har yili muntazam ravishda tashkil etiladi.
Ertaga start oladigan musobaqaning final bahslari joriy yilning 4 iyun kuniga qadar davom ettiriladi va musobaqalar mamlakatimizning turli hududlarida tashkillashtiriladi. Bu yilgi “Universiada” sport o'yinlarining final bosqichida 1 yarim mingdan ziyod talabalar sportning 12 turi bo'yicha g'oliblik uchun kurash olib boradilar.
Dastlabki musobaqa 23–26 yanvar kunlari Navoiy shahrida sportning shaxmat turidan bo'lib o'tadi. “Aql gimnastikasi”da tengdoshlari orasida tengsiz ekanliklarini isbotlash uchun 100 nafarga yaqin talaba-yoshlar kurash olib boradilar.
Fikrlar