03 iyu 07:30
Yangiliklar
Ertaga Xitoyda Gran-pri turniri boshlanadi
Mazkur turnirda qitamizning eng sara atletlari qatori terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etishadi. Ular qatorida o'zbekistonlik atletlar ham medallar uchun bahslarga kirishishadi.
Xabaringiz bor, ayni vaqtda engil atletika bo'yicha Tokio Olimpiadasi uchun normativlar bajarish davri davom etmoqda. SHu bois ham terma jamoamiz vakillari o'z oldilariga qo'ygan dastlabki vazifa Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishdir. Musobaqada ishtirok etuvchi terma jamoamiz vakillari va ularning yo'nalishidagi Olimpiada normativi quyidagicha:
Ruslan Qurbonov – uch hatlab sakrash (17.14 metr)
Nigina SHaripova – 100 va 200 metrga yugurish (11.15 va 22.80 sekund)
Nadiya Dusanova – balandlikka sakrash (1.96 m)
Fikrlar