So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

15 iyu 14:59
Yangiliklar

Boks/MMA

Ertangi chempionlik janglari oldidan vazn o'lchash va so'nggi face to face marosimi bo'lib o'tdi

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi professional boks turniri bo'lib o'tadi.

Uning co-main event jangida ikkinchi o'rta vazn toifasida vaqtinchalik WBC chempioni 27 yoshli Devid Benavides yarimog'ir vaznda sobiq jahon chempioni, ukrainalik 37 yoshli Aleksandr Gvozdikka qarshi ringga ko'tariladi. Benavidis 28 ta g'alabali jangining 24 tasini muddatidan avval yakunlagan. Undan 10 yoshga katta Gvozdikda esa 20 g'alaba va 1 mag'lubiyat bor.  

Ertangi jang oldidan bokschilar tarozidan o'tish hamda so'nggi face to face marosimlarida hozir bo'lishdi. Ikkala bokschi ham bir xil - 79 kg vazn qayd etdi va belgilangan vazn meyorini bajardi. Ushbu jang g'olibi yarimog'ir vaznda vaqtinchalik WBC chempionlik kamarini qo'lga kiritadi.

Premier Boxing Champions promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan oqshomning markaziy jangi esa engil vaznda WBA chempioni Jervonta Devis (29-0, 27 KO) ishtirokida o'tkaziladi. Uzoq muddatli tanaffusdan so'ng ringga qaytayotgan amerikalik 29 yoshli Jervonta o'zi bilan tengdosh, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan vatandoshi Frenk Martin (18-0, 12 KO) bilan jang qiladi. Devis tarozida — 60,51 kg, uning raqibi esa — 60,96 kg tosh bosdi. Jang o'z kuchida qoldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing