11 jan 09:14
Yangiliklar
Ertangi UFC Fight Night 249 turniri jangchilari taroziga chiqishdi
UFC Fight Night 249 ishtirokchilari rasmiy tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Oqshomning markaziy jangi revansh maqomida bo'lib, ayollar minimal vazn toifasida o'tkaziladi. Unda Makkenzi Dern Amanda Ribasga qarshi oktagonga chiqadi. Ikkala jangchi xonim ham tarozida bir xil vazn ko'rsatishdi - 52,62 kg!
Faqat bir nafar jangchi belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. Igor Poterya 85,28 kg tosh bosdi. Uning o'rta vazn toifasi limitidan deyarli bir kilogramm ko'p vaznga ega ekani oydinlashdi - 84,14 kg. Endi u o'z gonorarining 20 foizini raqibi Marko Tulioga beradi.
UFC Fight Night 249 tarozi natijalari:
Makkenzi Dern (52,62 kg) - Amanda Ribas (52,62 kg);
Karlston Xarris (77,11 kg) - Santyago Ponsinibbio (77,56 kg);
Abdul Razak Alxassan (84,14 kg) - Sezar Almeyda (84,14 kg);
Kris Kertis (84,14 kg) - Roman Kopilov (84,14 kg);
Igor Poterya (85,28 kg) - Marko Tulio (84,14 kg);
Magomed Gadjiyasulov (92,99 kg) - Bruno Lopes (93,21 kg);
Viktoriya Dudakova (52,62 kg) - Fatima Klayn (52,62 kg);
Nurullo Aliev (70,53 kg) - Jo Soleki (70,31 kg)...
Fikrlar