06 avg 10:29
Yangiliklar

Eshitdik-da! Ignatiy Nesterov "Lokomotiv"ni tark etadi
Eshitishimizga qaraganda, 37 yoshli darvozabon Navoiyning "Qizilqum" klubiga o'tishga yaqin. Ayni paytda muzokaralar davom etmoqda va 10 avgust kuni ochiladigan transfer oynasi vaqtida u katta ehtimol bilan "Lokomotiv"ni tark etadi. Bu mavsum ortda qolgan 9ta turda posbon 8ta uchrashuvda maydonga tushdi va 10ta gol o'tkazdi. Ikki bahsda Nesterov o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Malumot uchun, Nesterov 2001 yil "Samarqand Dinamo", 2002-2009 yil yoziga qadar "Paxtakor"da, 2009 yil yozidan 2013 yilgacha "Bunyodkor"da, 2014-2018 va 2019 yil yozidan hozirgacha "Lokomotiv"da o'ynadi. 2019 yil boshida Saudiya Arabistonining "Uxud" klubida to'p tepdi.
Ignatiy Nesterov O'zbekiston chempionatida eng ko'p o'yin o'tkazgan darvozabon hisoblanadi. U hozirga qadar 431ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikrlar