06 iyu 11:47
Yangiliklar
Eshitdik-da! Kecha Argentinaning raqibi Estoniya o'rnida O'zbekiston bo'lishi mumkin edi
Ispaniyaning Pamplona shahrida "Osasuna" klubiga tegishli "El-Sadar" stadionida bo'lib o'tgan o'yinda Argentina yirik (5:0) hisobida g'alaba qozondi. Barcha gollar Lionel Messi hisobiga yozilgan.
Etiborga molik jihati, kechagi uchrashuvda Argentinaning raqibi O'zbekiston terma jamoasi ham bo'lishi mumkin edi. Gap shundaki, Argentina taklif yuborgan davlatlar orasida O'zbekiston ham bo'lgan.
Lekin bu taklif bizning rejalarga to'g'ri kelmagani bois, Argentinaga rad javobi berilgan. Ayni paytda milliy terma jamoamiz 8-14 iyun kunlari oralig'ida Namanganda o'tkaziladigan Osiyo Kubogining saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda. Guruhimizdan Maldiv orollari, SHri-Lanka va Tailand terma jamoalari joy olgan.
Qaysidir manoda O'FA va terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanecning qarorini tushunish mumkin.
Bizdagi malumotlarga qaraganda, milliy terma jamoamiz bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish taklifini Argentinadan tashqari Urugvay ham bildirgan. Bunday takliflar Qatardagi Jahon chempionatiga qadar hali etarlicha bo'ladi. Osiyo terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan mundial ishtirokchilari O'zbekiston bilan o'ynash istagi bilan murojaat qilishadi.
Fikrlar