22 okt 16:03
Yangiliklar
Futbol
Eshitdik-da! "So'g'diyona" 3-o'rinni olsa, har bir futbolchiga "Jentra" sovg'a qilinadi
Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi joriy mavsumni, ayniqsa ikkinchi davra o'yinlarini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazmoqda.
Eshitishimizga qaraganda jamoa azolariga mavsum so'nggida bittadan avtomobil sovg'a qilinishi mumkin. Buning uchun Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi klub Superligada bronza medallarini qo'lga kiritishi kerak bo'ladi.
Jizzax klubi o'z tarixida bir marta bronza medallariga ega chiqqan. Bu voqea 1992 yilgi mavsumda kuzatilgan. 2005 yildan buyon "So'g'diyona" mavsumni 10-pog'onadan pastda yakunlab kelayotgan edi.
Malumot uchun, chempionat tugashiga 4 ta tur qolgan bir vaziyatda "So'g'diyona" musobaqa jadvalida 3-o'rinda bormoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar