17 iyu 11:51
Yangiliklar
Futbol

Eshitdik-da! Turkiya klubi "Navbahor" futbolchisini 10 baravar kam narxga sotib olmoqchi
Namanganning "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbega Turkiya klubi qiziqib qolgani haqida xabar berilgan edi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Turkiya Superligasining "Xatayspor" klubi tojikistonlik futbolchi uchun taxminan 20-30 ming evro atrofida pul taklif qilgan. "Navbahor" klubi esa Panshanbe bundan anchagina qimmat turishini malum qilgan va transfer uchun taxminan 150-200 ming evro so'ragan.
Malumot uchun, transfermarkt portali Ehsoni Panshanbeni 550 ming evroga baholagan. Futbolchining "Navbahor" bilan 2022 yil oxirigacha shartnomasi mavjud.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar