23 jan 16:45
Yangiliklar
Eshkak eshish
Eshkak eshuvchilarimiz licenzion musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rishmoqda
O'zbekiston Rowing&Canoe federaciyasi ham Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rmoqda.
Ahamiyatlisi, qishning bugungidek qahraton kunlari kabi noqulay ob-havo sharoitiga qaramay astoydil tayyorgarlik olib borilmoqda. Yig'inda 50 nafarga yaqin baydarka va kanoe, shuningdek, akademik eshkak eshish bo'yicha terma jamoamiz vakillari ishtirok etishmoqda.
Oy oxirigacha mo'ljallangan mazkur yig'in bahorda o'tadigan licenzion turnirga tayyorgarlikning asosiy bosqichlaridan biri bo'lib xizmat qiladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar