16 may 12:17
Yangiliklar
Eshkak eshish
Eshkak eshuvchilarimiz o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishmoqda
O'zbekistonlik eshkak eshuvchilar Toshkent viloyatida 5-23 may kunlariga mo'ljallangan o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etishmoqda.
Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga to'rt nafar sportchimiz – Alibek Temirgaliev, Jonibek Temirgaliev, Ramil Kirpichev va Abubakr Bukanovlar hozirlik ko'rishmoqda. Ular murabbiy Izzat Rahmatullaev qo'l ostida nufuzli musobaqaga tayyorlanmoqdalar.
SHuningdek, 10 may kuni baydarka va kanoechilarimiz ham mashg'ulotlarni boshlab yuborganlar. Yig'inda Gulbahor Fayzieva, Munavvar Akbarova, SHohjahon Muhammadiev, Islomjon Abdusalomov, Yaroslav Slavgorodskiy va SHerzod Hakimjonovlar ishtirok etishmoqda. Tajribali murabbiylar Abdurashid Musaev va Ekaterina Musaevalar sportchilarni texnik, taktik va jismoniy tomonlama tayyorlab borishmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar