07 iyu 20:30
Yangiliklar
Tennis
Eshli Barti "Rolan Garros"ning ikkinchi finalchisi
Franciya poytaxti Parij shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turniri yakuni sari yaqinlashmoqda.
Bugun ayollar o'rtasidagi musobaqaning finalchilari aniqlandi. Final yo'llanmasi uchun kechgan bahsda sayyoramizning sakkizinchi raqamli tennischisi Eshli Barti amerikalik Amanda Anisimovaga qarshi kortga chiqdi.
Barti 1 soatu 53 daqiqa davom etgan uchrashuv yakunida irodali g'alabani tantana qildi. Birinchi setni 6:7 hisobida boy bergan avstraliyalik tennischi keyingi ikki setni bir xil 6:3, 6:3 hisobida o'z foydasiga hal qildi.
SHu tariqa, Eshli "Rolan Garros" finalida chexiyalik Marketa Vondroushovaga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar