22 may 14:17
Yangiliklar

Esports World Cup 2025. 1,5 million dollarlik musobaqada qatnashadigan 12 nafar super grossmeysterlar ro'yxati malum, ular orasida Nodirbek ham bor
SHaxmat olamining eng nufuzli sahnalaridan biri Esports World Cup 2025 turniriga yo'l olgan 12 nafar super grossmeysterlar nomi elon qilindi. Ular orasida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham bor.
Nodirbek Chess.com Classic turnirida jamg'arilgan ochkolar evaziga o'z yo'llanmasini naqd qildi. Malumot uchun, bo'lajak turnirning sovrin jamg'armasi 1,5 million dollarni tashkil etadi.
Ar-Riyoddagi musobaqada qatnashadigan 12 nafar shaxmat yulduzi ro'yxati:
Magnus Karlsen
Xikaru Nakamura
Yan Nepomnyashiy
Yan-Kristof Duda
Arjun Erigaisi
Alirizo Firudja
Nodirbek Abdusattorov
Fabiano Karuana
Vladislav Artemiev
Vey Yi
Maksim Vashe-Lagrav
Vladimir Fedoseev.
23-25 may kunlari Dallasda o'tkaziladigan musobaqadan so'ng, ushbu ro'yxatga yana 4 nafar shaxmatchi qo'shilishi kutilmoqda.
Malumot uchun, Esports World Cup 2025 turnirida shaxmat bahslari 29 iyul - 1 avgust kunlari o'tkaziladi.
Fikrlar