So’nggi yangiliklar

20:23РАСМАН! Богдан Гусковнинг UFC'даги кейинги жанги эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 19:51Каннаваро ЖЧ тарихига кирди 0 19:05Эртага 9 нафар боксчимиз Хитойдаги жаҳон кубогида жанг қилади 0 18:35Конор Макгрегор: "UFC'да қолишимга умид қиламан" 0 17:24Беҳруз Каримов Луис Диасни зарарсизлантириш, узоқ масофадан зарба ва бошқа масалалар ҳақида 0 16:48Перейра Ган билан жанг учун апелляция беришдан воз кечди. У реванш истамоқда 0 15:21"Шара Буллет ҳеч қачон UFC чемпиони бўлмайди" - Царукян 0 14:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:13Колумбия бош мураббийи Ўзбекистонга қарши учрашувдан сўнг нималар деди? 0 12:36UFC 330 турнири учун иккинчи чемпионлик жанги эълон қилинди 0 11:17Жаҳон кубоги. Феруза Казакова Хитойдаги юришини муваффақиятли бошлади 0 10:44Алекс Перейра оғир вазнда қоладими? Унинг ўзи жавоб берди 0 10:16Фабио Каннаваро: "Хатолар бўлди, улар устида ишлаймиз" 0 09:02ЖЧ-2026. Колумбияга қарши тарихий ўйинда имкониятни бой бердик 0 07:33P4P UFC рейтинги янгиланди: Рўйхатда икки янги ном 0

25 apr 08:46
Yangiliklar

SHaxmat

Esports World Cup. Abdusattorov ikki muhim g'alaba, uni Magnus kutmoqda!

Mukofot jamg'armasi 250 000 AQSH dollaridan iborat dunyoning eng yirik onlayn shaxmat turnirlaridan birida finalchilar aniqlandi.

Turnir kibersport bo'yicha 2026 yilgi Jahon kubogi (Esports World Cup) uchun saralash vazifasini bajarib bermoqda. Musobaqada dunyoning kuchli shaxmatchilari keyingi bosqichlarga yo'llanma hamda katta mukofot jamg'armasi uchun kurash olib borishyapti. Eng yaxshi uch shaxmatchi Esports World Cup 2026 musobaqasiga yo'llanma oladi. 

"Nomzodlar turniri" g'olibi Javohir Sindarov saralash bosqichidagi mag'lubiyatlari sabab musobaqadagi ishtirokini erta yakunlagandi. Nodirbek Abdusattorov esa 1/8 finalda AQSH vakili Samuel Sevianni 3:0 hisobida taslim etdi. 1/4 finalda esa FIDE bayrog'i ostida harakat qilayotgan rus shaxmatchisi Denis Lazovikka qo'shimcha partiyada 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi. 

Mag'lublar yo'lidagi turnirda o'z omadini sinab ko'rayotgangan Nodirbek ikkinchi bosqichda rossiyalik Yan Nepomnyashiyni 1,5:0,5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchinchi davrada Sindarovni musobaqadan chiqarib yuborgan franciyalik Maksim Vashe-Lagravni ham 1,5:0,5 hisobida engdi. 

Bugun Abdusattorov Mag'lublar yo'li 1/4 finalida hindistonlik Nihal Saringa qarshi dona suradi. Nodirbek Mag'lublar yo'lida g'alaba qozonsa, finalda norvegiyalik afsona Magnus Karlsenga qarshi bosh sovrin uchun dona surish imkoniyatini qo'lga kiritadi. Magnus G'oliblar yo'lagi 1/2 finalida FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan rossiyalik Denis Lazovikdan, finalda esa polshalik Yan-Krishtoff Dudadan ustun keldi. 

Magnus Karlsen GRAND FINAL bahsi uchun o'z raqibini kutmoqda. Nodirbek Abdusattorovning GRAND FINAL uchrashuvida Karlsen bilan uchrashishi uchun uch raqib to'sig'idan o'tishi talab etiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing