So’nggi yangiliklar

23:15Шоҳжаҳон Эргашевнинг Тошкентдаги жанги жанжал билан ниҳоясига етди (ФОТО) 0 21:11Муҳиддин Мамажоновнинг IBA Nomad 16 турниридаги жанги муддатидан аввал якунланди 0 19:21Полина Кудерметова Ningbo Open саралашининг иккинчи босқичига чиқди 0 18:50Мадримов ўз ўрнини сақлаб қолган The Ring рейтингининг кучли учлигида ўзгаришлар бўлди 0 18:19Каратэ WKF. Жавоҳир Жаҳонгиров жаҳон чемпиони! 0 17:48"Реал" қишда янги футболчилар сотиб оладими? Моуринью жавоб берди 0 17:17Адесанья ва Шара Буллет жанги ноябрда Қатарда ўтказилиши мумкин — манба 0 16:45Саидёқуб Қаҳрамонов ва Холмурод Нурматов жанг қиладиган Душанбедаги ACA 209 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 16:12Бугун беш нафар боксчимиз жаҳон чемпионатидаги ўз юришини бошлайди 0 15:30Португалия футбол федерацияси Роналду бўйича ўз позициясини маълум қилди 0 14:43Пэдди Пимблетт кейинги жангини 2027 йил баҳорида ўтказиши мумкин 0 14:05Накамура Синдаровга жаҳон чемпионати олдидан ёрдам беряптими? 0 13:27Бугун Баҳодир Жалолов жанг қилади (тўлиқ кард) 0 12:45Суперлига. Бугун турнинг марказий учрашуви бор 0 12:12"Бу осон эмас". Сехудо Ян ва Двалишвили ўртасидаги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0

26 apr 09:05
Yangiliklar

SHaxmat

Esports World Cup. Abdusattorov - Karlsen partiyasi o'tkazilmaydi

Mukofot jamg'armasi 250 000 AQSH dollaridan iborat dunyoning eng yirik onlayn shaxmat turnirida finalchilar aniqlandi.

Turnir kibersport bo'yicha 2026 yilgi Jahon kubogi (Esports World Cup) uchun saralash vazifasini bajarib bermoqda. Musobaqada dunyoning kuchli shaxmatchilari keyingi bosqichlarga yo'llanma hamda katta mukofot jamg'armasi uchun kurash olib borishyapti. Eng yaxshi uch shaxmatchi Esports World Cup 2026 musobaqasiga yo'llanma oladi. 

"Nomzodlar turniri" g'olibi Javohir Sindarov saralash bosqichidagi mag'lubiyatlari sabab musobaqadagi ishtirokini erta yakunlagandi. Nodirbek Abdusattorov esa 1/8 finalda AQSH vakili Samuel Sevianni 3:0 hisobida taslim etdi. 1/4 finalda esa FIDE bayrog'i ostida harakat qilayotgan rus shaxmatchisi Denis Lazovikka qo'shimcha partiyada 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi. 

Mag'lublar yo'lidagi turnirda o'z omadini sinab ko'rgan Nodirbek ikkinchi bosqichda rossiyalik Yan Nepomnyashiyni 1,5:0,5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchinchi davrada Sindarovni musobaqadan chiqarib yuborgan franciyalik Maksim Vashe-Lagravni ham 1,5:0,5 hisobida engdi. 

Afsuski, Abdusattorov Mag'lublar yo'li 1/4 finalida hindistonlik Nihal Saringa kutilmaganda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Agar Nodirbek Mag'lublar yo'lida g'alaba qozonsa, finalda norvegiyalik afsona Magnus Karlsenga qarshi bosh sovrin uchun dona surish imkoniyatini qo'lga kiritardi. Magnus G'oliblar yo'lagi 1/2 finalida FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan rossiyalik Denis Lazovikdan, finalda esa polshalik Yan-Krishtoff Dudadan ustun keldi. 

Magnus Karlsen GRAND FINAL bahsida yana Yan-Krishtoff Dudaga qarshi o'ynaydigan bo'ldi. Nodirbekni yutgan Nihal Mag'lublar yo'li 1/2 finalida Denis Lazavikka 0:2 hisobida yutqazdi. Lazavik esa finalda Dudaga 0,5:1,5 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

SHu tariqa, Nodirbek Abdusattorov eronlik Sina Movahed bilan 5-6 o'rinlarni bo'lishib oldi. Hamyurtimiz onlayn turnirdagi ishtirokidan 15 000 AQSH dollari ishlab oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing