So’nggi yangiliklar

19:16Octagon League Тошкентда яна турнир ўтказади. Бу сафар Достон Бозоровни ҳам кўрамиз (ПОСТЕР) 0 18:55Ҳумоюн Тўхтамуродов ҳам "Ҳумо Арена"да жанг қилади (ВИДЕО) 0 18:34Ошпаз ва официантликдан футболга. Боаке ҳақида 7 қизиқарли факт 0 18:13Усман 30 ойга дисквалификация қилинди 0 17:52Дана Уайт Жонс ва Перейра ўртасидаги жангни ташкил этиш шартини айтди 0 17:49Ўзбек спорти халқаро эътироф марказида: Европа нашрлари баҳоси 0 17:31Махачевми ёки Топурия? — Пимблетт энг яхши P4P жангчисини айтди 0 17:10Равшан Ҳайдаров: "Футболчиларимиз жанговар ҳолатда" 0 16:4918 ёшли Мирра Андреева фаолиятидаги бешинчи WTA финалига чиқди 0 16:28Нурмагомедов Россия MMAси тарихидаги Топ-5 жангчиларни айтди 0 16:07"Ёқмаса, кўрманглар!" — Уайт танқидчиларга жавоб қайтарди 0 15:46Европа терма жамоаси афсонаси "Тоттенхэм" мураббийига айланди 0 15:25Тошкентда ён қўшниларимиз иштирокида қўшма машғулот ўтказиляпти + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:04Нурмагомедов UFC'даги кейинги жангини асли афғонистонлик спортчига қарши ўтказади 0 14:43Жошуа ҳалокатли ЙТҲдан сўнг машғулотга қайтди (ВИДЕО) 0

31 iyu 15:11
Yangiliklar

SHaxmat

Esports World Cup Chess. Nodirbek Abdusattorovning 1/4 finaldagi raqibi malum

Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 1 mln 550 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi nufuzli Esports World Cup Chess turniri davom etmoqda.

NAVI jamoasi sharafini himoya qilayotgan Nodirbek Abdusattorovning D guruhidan ikkinchi o'rin sohibi sifatida pley-offga yo'llanma olgani haqida xabar bergan edik. Yosh grossmeysterimiz qura natijasiga ko'ra 1/4 finalda franciyalik Alireza Firuzdjaga qarshi dona suradigan bo'ldi.  

Ushbu juftlik g'olibi 1/2 finalda Yan Nepomnyashiy (Rossiya) - Arjun Ergaisi (Hindiston) uchrashuvi g'olibiga qarshi bahs olib boradi. Bugungi 1/4 final uchrashuvlari bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi. 

Kecha Abdusattorov 1/4 finalda kim bilan to'qnash kelishni xohlar eding, degan savolga "Magnus Karlsen bilan tushsam yaxshi bo'lardi" deya javob bergandi.

Ushbu bosqich bahslari ham 2 ta asosiy partiyadan iborat bo'ladi. SHaxmatchilar oq va qora donalarda o'zaro ikki bor hisob-kitob qilishadi. Har bir shaxmatchiga 10 daqiqadan vaqt beriladi. Qo'shimcha vaqt taqdim etilmaydi. Durang bo'lgan holatda g'olibni aniqlab beruvchi armageddon partiyasiga murojaat qilinadi. 


Esports World Cup Chess. 1/4 final juftliklari

Nodirbek Abdusattorov — Alireza Firuzdja (Franciya)

Yan Nepomnyashiy (Rossiya) — Arjun Ergaisi (Hindiston)

Magnus Karlsen (Norvegiya) — Nihal Sarin (Hindiston)

Hikaru Nakamura (AQSH) — Levon Aronyan (AQSH)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing