01 avg 09:57
Yangiliklar

Esports World Cup Chess turnirida finalchilar aniqlandi
NAVI jamoasi sharafini himoya qilayotgan Nodirbek Abdusattorovning D guruhidan ikkinchi o'rin sohibi sifatida pley-offga yo'llanma olgani haqida xabar bergan edik. Yosh grossmeysterimiz qura natijasiga ko'ra 1/4 finalda franciyalik Alireza Firuzdjaga qarshi dona surdi.
Dramatik kechgan 4 ta partiyadan iborat uchrashuvlar yakunida omad Alirezaga kulib boqdi. Dastlabki ikki partiyada durang qayd etilgandi. Muhim palladagi xatolar Nodirbekka qimmatga tushdi.
Esports World Cup Chess. 1/4 final juftliklari
Nodirbek Abdusattorov — Alireza Firuzdja (Franciya) — 1:3
Yan Nepomnyashiy (Rossiya) — Arjun Ergaisi (Hindiston) — 1,5:2,5
Magnus Karlsen (Norvegiya) — Nihal Sarin (Hindiston) — 2,5:0,5
Hikaru Nakamura (AQSH) — Levon Aronyan (AQSH) — 2,5:1,5
CHorak finalning qolgan juftliklarida hindistonlik Arjun Ergaisi rossiyalik Yan Nepomnyashiyni, amerikalik Hikaru Nakamura hamyurti Levon Aronyanni, jahon tojdori Magnus Karlsen hindistonlik Nihal Sarinni mag'lub etib, 1/2 finalga yo'l oldi.
Yarim finalda Alireza Firuzdja Arjun Ergaisidan 4:1 hisobida ustun keldi. Ikkinchi yarim final dramatik kechdi. Magnus Karlsen g'olib nomini aniqlab bergan armageddon partiyasida Hikaru Nakamurani taslim etib, final chiptasini qo'lga kiritdi.
Bugun Esports World Cup Chess chempionligi uchun Magnus Karlsen Alireza Firuzdjaga qarshi bahs olib borsa, Hikaru Nakamura va Arjun Ergaisi o'rtasidagi uchrashuvda musobaqaning bronza medali sohibi aniqlanadi. CHempion 250 000 AQSH dollariga ega chiqadi.
Fikrlar