24 may 08:02
Yangiliklar
O'q otish
Etakchi merganlarimiz jahon kubogida ishtirok etmoqdalar
Germaniyaning Myunxen shahri o'q otish sport turi bo'yicha jahon kubogi seriyasining to'rtinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda.
Musobaqada dunyoning 84 ta mamlakatidan 817 nafar sportchi sakkizta individual va ikkita aralash mashqlarda yuqori o'rinlarni qo'lga kiritish uchun merganlik salohiyatini namoyish etishadi.
Jahon kubogining mazkur bosqichida Sakina Mamedova va Vadim Skorovarov yurtimiz sport sharafini himoya qiladi. Bugun Sakina Mamedova 10 metrlik nishonga pnevmatik miltiqdan o'q otish bo'yicha saralash bahslarida ishtirokini boshlaydi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar