21 iyu 07:18
Yangiliklar
Futbol
Eto’O 14 yil oldingi qilmishi uchun 22 oyga shartli ravishda qamaldi
Kamerunlik sobiq futbolchi Samyuel Eto’O soliqlardan qochganini tan oldi.
Biroq u o'shanda soliq borasidagi barcha ishlarini o'zining "ikkinchi otasi" deb atagan Xose Mariya Mesalesga topshirganini aytgan. Eto’O 2008-2009 yillar davomida soliq to'lashdan qochgani uchun tovlamachilik ayblovi qo'yilgan va bu borada tekshiruv ishlari olib borilgan.
Avvaliga Eto’O va Mesalesning 4 yildan 6 yilgacha qamalishi aytilgandi. Biroq keyinchalik ularga 22 oylik shartli qamoq jazosi tayinlandi. SHuningdek, 1,8 million evro jarima solindi.
Havola :
Fikrlar