15 sen 06:05
        Yangiliklar	
	
				
				    Engil atletika, Tokio-2020			    
				 
				
			 
				Ettinchi oltin muborak! Svechnikov – Paralimpiya chempioni!
Rioda davom etayotgan Paralimpiya o'yinlarining ettinchi kuni terma jamoamizga ettinchi oltin medalni taqdim etdi. 
			Engil atletika musobaqasining nayza uloqtirish bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Aleksandr Svechnikov Paralimpiya o'yinlari rekordi bilan oltin medalni qo'lga kiritdi.
U 65 metru 69 santimetr natija qayd etdi. Kumush medal eronlik Sajad Nikparastga nasib etdi. Bu sportchi 62.74 natija qayd etdi. Paralimpiya o'yinlarining bu yo'nalishdagi bronza medali bilan Nemanya Dimitrievich taqdirlandi. Serbiyalik atlet uloqtirgan nayza 60 metru 86 santimetrga borib tushdi.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar