20 may 12:41
Yangiliklar
Futbol
Ettinchi o'rinni egallagan “Sevilya” Evropa Ligasida qatnashadi
“Sevilya” klubi Ispaniya chempionatining so'nggi 38-turida “Alaves” jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Mavsum yakunida “Sevilya” 58 ochko bilan turnir jadvalida 7-o'rinni egalladi. Bu andalusiyaliklarga kelasi mavsum Evropa Ligasi kvalifikaciya bahslarida ishtirok etish imkonini beradi.
SHuningdek, Ispaniyadan Evropa Ligasida “Vilyarreal” va “Betis” klublari ham qatnashishadi. Bu klublar mos ravishda beshinchi va oltinchi o'rinlarni band etishdi.
Havola :
Fikrlar